
5 kW GIBRID QUYOSH PANEL STANSIYASI PODKLYUCH
42,000,000 UZS
LONGI HIMO X10 - 5 kW, SAKO HYBRID INVERTER - 5KW, SAKO LITIY TEMIR-FOSFAT AKKUMLYATOR - 5KW, ZANGLAMAS METALL KONSTRUKTSIYA Quyosh fotoelektr stansiyasi (QFES) texnik tavsifi va kafolat shartlari 1. O‘rnatiladigan quyosh panellari LONGi Hi-MO X10 rusumiga mansub bo‘lib, foydali ish koeffitsiyenti (FIK/KPD) kamida 24 % ni tashkil etadi. 2. Quyosh panellari IEC 61215, IEC 61730, IEC 62941, ISO 9001:2015, ISO 14001:2015 va ISO 45001:2018 xalqaro standartlari bo‘yicha sertifikatlangan. 3. Tizimdagi barcha quyosh panellari bir xil model, bir xil quvvat va bitta ishlab chiqaruvchiga tegishli bo‘ladi. 4. Tizimda SAKO HYBRID invertori o‘rnatiladi. Invertor real vaqt rejimida monitoring qilish va mobil ilova orqali masofadan boshqarish imkoniyatiga ega.Shuningdek, litiy temir-fosfat akkumlyator ham SAKO brendiga tegishli hisoblanadi va kafolat muddati ham 5 yilni tashkil qiladi. 5. QFES tayanch konstruksiyasi zanglamaydigan metall konstruksiyadan tayyorlanadi. 6. Tizimda USFULL DC himoya avtomatlari, UZIP, DC predoxranitellar, yong‘inga chidamli 4 mm² va 6 mm² PV kabellari hamda to‘liq zazemleniya (yerga ulash) tizimi o‘rnatiladi. 7. Tizim 220/380 V, 50 Hz elektr tarmog‘ida ishlashga mo‘ljallangan. 8. Kompaniya uskunalarni yetkazib berish, montaj qilish, ishga tushirish, monitoring tizimiga ulash va foydalanishga topshirish ishlarini to‘liq amalga oshiradi. 9. Quyosh panellari uchun 15 yil mahsulot kafolati va 30 yil elektr energiyasi ishlab chiqarish samaradorligi kafolati taqdim etiladi. 10. SAKO gibrid invertori uchun 5 yil rasmiy kafolat beriladi. Kafolat muddati davomida ishlab chiqarish nuqsoni yoki texnik nosozlik yuzaga kelgan taqdirda invertor bepul ta'mirlanadi yoki yangisiga almashtiriladi. 11. QFES uchun 1 yil bepul servis xizmati ko‘rsatiladi. Ushbu muddat davomida USFULL DC avtomatlari, UZIP va predoxranitellar nosozlik yuzaga kelgan taqdirda bepul almashtiriladi. Bir yillik servis muddati tugagach, keyingi xizmat ko‘rsatish shartlari o‘zaro kelishuv asosida belgilanadi. 12. Quyosh fotoelektr stansiyasini subsidiya asosida rasmiylashtirish uchun zarur bo‘lgan barcha hujjatlar kompaniya tomonidan tayyorlanadi va tegishli tartibda topshiriladi. 13. Buyurtmachi 220/380 V, 50 Hz AC elektr tarmog‘ining me'yoriy va barqaror ishlashini ta'minlashi shart. AC tarmog‘idagi kuchlanishning me'yordan chetga chiqishi, fazalar nomutanosibligi yoki boshqa tashqi elektr ta'minoti muammolari oqibatida yuzaga keladigan nosozliklar uchun buyurtmachi javobgar hisoblanadi. Bunday holatlarda kompaniya QFESning samarali ishlashi yoki yuzaga keladigan nosozliklar uchun javobgar bo‘lmaydi. Qo'shimcha ma'lumot uchun: +998 20 003 44 00 +998 91 012 24 44 +998 91 015 34 44